O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi qaroriga ko`ra, Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalar ta`minoti uchun ota-onalar to`laydigan to`lov miqdorlari belgilandi. Bu haqda “Norma” xabar bermoqda.
To`lov miqdorini belgilashda ta`lim muassasasining joylashgan joyi va ish tartibi ejimi (besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasi), bolalarning har kuni necha soat olib qolinishi hamda bir oilaning ushbu muassasaga keladigan farzandlari soni hisobga olingan.
5 ish kuni faoliyat yuritadigan Toshkent shahri, viloyat markazlari va shaharlarida MTM (9—10,5 soat):
Yasli guruhi — bir bola uchun 95 900 so`m, bir oiladan ikki farzand bo`lsa, har biri uchun – 68 200 so`mdan;
Maktabga tayyorlov guruhida – bir bola uchun 126 400 so`m, bir oiladan ikki farzand bo`lsa, har biri uchun 89 800 so`mdan.
Tuman markazlari va boshqa hududlarda:
Yasli guruhi — bir bola uchun 68 100 so`m, bir oiladan ikki farzand bo`lsa, har biri uchun 62 200 so`mdan;
Maktabga tayyorlov guruhida – bir bola uchun 89 800 so`m, bir oiladan ikki farzand bo`lsa, har biri uchun 82 000 so`mdan.
6 ish kuni faoliyat yuritadigan Toshkent shahri, viloyat markazlari va shaharlaridagi MTM (9—10,5 soat):
Yasli guruhi — bir bola uchun 114 200 so`m, bir oiladan ikki farzand bo`lsa, har biri uchun – 80 200 so`mdan;
Maktabga tayyorlov guruhida – bir bola uchun 150 500 so`m, bir oiladan ikki farzand bo`lsa, har biri uchun – 105 800 so`m.
Tuman markazlari va boshqa hududlarda:
Yasli guruhi — bir bola uchun 81 100 so`m, bir oiladan ikki farzand bo`lsa, har biri uchun 73 400 so`mdan;
Maktabga tayyorlov guruhida – bir bola uchun 106 900 so`m, bir oiladan ikki farzand bo`lsa, har biri uchun 96 900 so`mdan.





