AsosiyShou-biznes

Nasiba Abdullaeva o`zi uchun qayta kashf qilgan o`zbek estrada xonandasi haqida gapirdi

O`zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva yosh xonandalardan birini o`zi uchun qayta kashf qilganini aytdi. 

Nasiba Abdullaeva xonanda Shohruhxonning “Aldamadim” qo`shig`ini maroq bilan tinglayotganini ma`lum qildi. 

“Haqiqatdan ham bu qo`shiqni juda mazza qilib tinglayapman. Ishonsangiz, mashinada Samarqanddan Toshkentga kelgunga qadar qayta-qayta tinglab, Shohruxxonga jo`r bo`lib kuylab keldik. Ayniqsa, musiqa qismini eshitganimda ko`nglim yayradi. Bu qo`shiqning musiqasida o`zimga yaqin ohanglarni topganday bo`ldim. Hamma san`atkorlar bilan salom-alik qilamiz, kuylagan qo`shiqlarini eshitamiz. Biroq birgina musiqa ikki ijodkorni o`zi sezmagan holda yaqinlashtirib qo`yar ekan. ‘Aldamadim’dan keyin men Shohruxxoni o`zim uchun qayta kashf qildim”—deydi Nasiba Abdullaeva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida.

Nasiba Abdullaeva bilan intervyuning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 5 yanvar, payshanba kuni sotuvga chiqadigan 1-sonida o`qishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar