Iqtidorli hujumchi Ivan Nagaev amaldagi chempion va Kubok sohibi "Lokomotiv" bilan xayrlashdi. U endilikda o`z faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.
Ma`lumot uchun, Nagaev o`tgan yil ko`p o`yin amaliyotiga ega bo`lmadi. U mavsum davomidagi barcha rasmiy musobaqalarda atigi olti bor maydonga tushdi. Xususan, OChLda bitta uchrashuvda ishtirok etgan bo`lsa, Oliy ligada 3ta bellashuvda maydonga tushdi. O`zbekiston Kubogi bahslarida esa 2ta bahsda ishtirok etib, 3ta gol urishga muvaffaq bo`ldi.
"Lokomotiv" PFK Ivan Nagaevning klub rivoji uchun qo`shgan hissasini unutmaydi hamda uning keyingi ishlariga omad tilaydi.





