AsosiySUG'DIYONA

Quymoqli salat - ajoyib va to`yimli «miks»

Zarur masalliqlar: 250 grammdan qaynatilgan tovuq go`shti va dudlangan go`sht, 200 gr. tayyor sabzi salati, 150 gr. karam, 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, 1 osh qoshiq un, 1-2 osh qoshiq suv, mayonez, yong`oq mag`zi, tuz. 

Tayyorlanishi: 1. Dudlangan go`sht, qaynatilgan tovuq go`shti va karamni  somoncha shaklida to`g`rang.

2. Tuxumni sanchqi bilan ko`pirtirib, un, suv va tuz qo`shing. Qizdirilgan o`simlik yog`ida quymoqlarni  pishirib olib, ularni ham somoncha shaklida to`g`rang.

3. Barcha to`g`ralgan masalliqlar va sabzi salatini aralashtiring. Mayonez solib, yuziga maydalangan yong`oq mag`zini seping.

Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa

6 kishilik

Boshqa yangiliklar