Bir necha kun avval O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyatini Xitoyning “Shanxay SIPG”da davom ettirishi haqida xabar qilingandi.
“Sports.uz” nashrining ma`lum qilishicha, 29 yoshli futbolchi xitoyliklar bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Ushbu klubda bir qator legionerlar to`p tepadi. E`tiborlisi, Shanxay klubida faoliyat olib borgan argentinalik Dario Konka jamoani tark etdi.
Ma`lum bo`lishicha, yarim himoyachini Braziliyaning “Flamengo” klubi o`z safiga qo`shib olgan. Endi argentinalik xavbek bir yilni ijara asosida Braziliya chempionatida o`tkazadigan bo`ldi.





