AsosiyDunyo

Istanbuldagi teraktda halok bo`lgan qiz hayotini yangidan boshlash uchun Turkiyaga borgan edi

Istanbulda Yangi yil oqshomida ro`y bergan teraktda halok bo`lgan rossiyalik qiz hayotini yangidan boshlash uchun Turkiyaga borgan edi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Bu uning chet elga qilgan ilk va so`nggi safari bo`ldi.

28 yoshli Nurana Gasanova hayotining so`nggi kunlarida Boku shahrida yashagan va o`sha erdan Istanbulga uchgan. Shuning uchun halok bo`lganlarning hujjatlarini tekshirgan Turkiya hukumati avvaliga uni Ozarboyjon fuqarosi deb o`yladi. Ammo surushtiruvlar natijasida qiz Rossiya fuqarosi ekanligi ma`lum bo`ldi.
 
Nurananing do`stlari uning chet elga borishni orzu qilganini, baxtsiz muhabbatini unutish maqsadida bayramni Turkiyada o`tkazish uchun Istanbulga uchganini gapirib berishdi.
 
Eslatib o`tamiz, Yangi yil oqshomida noma`lum shaxs Istanbul tungi klublaridan birida odamlarga qarata o`t ochgan. Oqibatda 39 kishi halok bo`lgan, o`nlab odamlar tan jarohati olgan.

Boshqa yangiliklar