AsosiySalomatlik

Etti mucham sog` bo`lsin desangiz

1.     Agar har kuni 3 dona yong`oqni 1 dona olma bilan esangiz, umringiz uzayadi. Tabiblar boshlanishiga 1 dona yong`oqdan eb, borgan sari miqdorni ko`paytirishni tavsiya etishadi.

2.     Chekuvchi o`pkasini nikotindan tozalash uchun har kuni bir stakan yangi siqilgan sabzi sharbati ichiring. Shamollash joningizga tegdimi? Unda qirg`ichdan chiqarilgan sabzi eng yoki sabzi sharbatini sut bilan iching. Sabzi sharbati organizmdan shamollashni qaytalatuvchi shilimshiqni chiqarib tashlaydi.

3.     Xotirangiz sustlashib borayaptimi? Maydalangan 2 osh qoshiq mavrak o`tini 1 stakan qaynagan suvda damlab qo`ying. Kun davomida 2-3 marta yarim stakandan iching.

4.     Yurak, buyrak, gipertoniya, shishib ketish kasalliklarida yoki ularning oldini olish  uchun haftada bir marta 300 gr. suli yormasidan tayyorlangan shakarsiz, tuzsiz bo`tqani  beshga bo`lib, kun davomida eng. Choy o`rniga esa na`matak damlamasidan iching.

5.     Immunitetni ko`tarish va organizmni sog`lomlashtirish uchun foydaga kon asalning o`zini emas, uni gulchangi bilan birga iste`mol qiling. Och qoringa 1 choy qoshiq asal va yarim choy qoshiq gulchangini aralashtirib eng.

6.     Ko`proq yorqin randagi mevalardan iste`mol qiling. Bilasizmi, S vitaminidan ko`ra apelsin eyish foydaliroq ekan.

7.     Ko`p insonlar siqilganlarida, tushkunlikka tushib qolganlarida tashvishlarini ovqat  eyish bilan unutgilari keladi. Ko`p va asabda eyilgan ovqat hazm ham bo`lmaydi, organizmga foyda ham keltirmaydi. Sizning ichingizda bo`shliqni to`ldirishga ovqatning umuman aloqasi yo`q.

Boshqa yangiliklar