Yangi – 2017 yil kirib kelishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlari va jamoat arboblaridan Prezidentimiz va O`zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:
Rossiya Federasiyasi Prezidenti – Vladimir Putin
Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi – Dmitriy Medvedev
Qozog`iston Respublikasi Prezidenti – Nursulton Nazarboev
Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov
Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti – Almazbek Atamboev
Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon
Belarus Respublikasi Prezidenti – Aleksandr Lukashenko
Armaniston Respublikasi Prezidenti – Serj Sargsyan
Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti – Ashraf G`ani
Ispaniya Qiroli – Felipe VI
Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti – Yoaxim Gauk
Buyuk Britaniya Bosh vaziri – Tereza Mey
Polsha Respublikasi Prezidenti – Andjey Duda
Islandiya Prezidenti – Gvyudni Torlasiyus Youxannesson
Kuvayt Davlati Amiri – Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Mo`g`uliston Prezidenti – Saxiagiyn Elbegdorj
Yangi Zelandiya General gubernatori – Petsi Reddi
MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi – Sergey Lebedev
Xalqaro olimpiya qo`mitasi prezidenti – Tomas Bax
«Lotte grupp» kompaniyasi prezidenti – Shin Dong Bin
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori – Viktor Grishin
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O`zbekistondagi doimiy vakili – Stefan Prisner
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.





