29 dekabr kuni mamlakatimizning barcha hududlarida “Prezident archasi” tantanalari boshlandi.
Yangi – 2017 yil arafasida ham 12 nomdagi o`quv qurollari va turfa shirinliklardan tayyorlangan “Prezident sovg`asi” mamlakatimizning barcha hududlarida uyushtirilayotgan “Prezident archasi” tantanalarida orziqqan yuraklarni shodliklarga to`ldirmoqda.
Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, “Sen yolg’iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg`armasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o`tkazilgan “Prezident archasi” bayram tadbiri shukuhli va esda qolarli voqealarga boy bo`ldi. Unda Mehribonlik uylari, SOS – bolalar mahallasi, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy ko`makka muhtoj, kam ta`minlangan oilalar hamda Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi yo`lida halok bo`lganlarning farzandlari ishtirok etdi.
Prezidentimizning o`quv qurollari, kitoblar, turfa shirinliklardan iborat sovg`alari kichkintoylarga topshirildi.
“Prezident archasi” bayram tantanalari Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo`lib o`tmoqda, deya xabar beradi O`zA.





