AsosiyDunyo

Viktoriya Bekxem Britaniya imperiyasi zobitiga aylanadi

Dizayner va Spice Girls guruhining sobiq xonandasi Viktoriya Bekxem Britaniya imperiyasi zobitiga aylanadi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. Modelerni modaga va xayriya ishlariga qo`shgan hissasi uchun mukofotlash rejalashtirilgan.

Dizaynerning turmush o`rtog`i futbolchi Devid Bekxem bundan 13 yil muqaddam qirolicha Elizaveta II tomonidan mukofotlangan bo`lsa, endi navbat unga keldi. 

Nashrning xabar berishicha, Viktoriya shaxsiy brendi va ajoyib ishchi guruhidan, xayriya ishlarida qatnashganidan faxrlanadi. Viktoriya Bekxem BMTning qo`shma dasturiga asosan OITSga qarshi uning elchisi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar