O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, uchrashuv 2026 yil 8 iyun kuni Nyu-York shahridagi "Ikan" stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionatida Yaponiya, Shvetsiya va Tunis bilan birgalikda "G" guruhidan o'rin olgan. O'zbekiston esa Portugaliya, Kolumbiya va Kongo bilan birga "K" guruhida ishtirok etadi.
Ma'lumot uchun, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvdan avval, 1 iyun kuni mundial mezboni Kanadaga qarshi ham o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.






