AsosiySport

YeChL: “Arsenal” finalga chiqqan ilk jamoa bo‘ldi

Ma'lumot uchun, 2025–2026 yilgi Chempionlar ligasi final uchrashuvi 30 may kuni Budapesht shahrida bo'lib o'tadi.

'YeChL: “Arsenal” finalga chiqqan ilk jamoa bo‘ldi'ning rasmi

Kecha, 5 may kuni UEFA Chempionlar ligasi yarim final bosqichining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Londonning “Arsenal” jamoasi Madridning “Atletiko Madrid” klubini 1:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Uchrashuv keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoa hujumkor o‘yin namoyish etgan bo‘lsa-da, birinchi bo‘lim so‘ngida londonliklar oldinga chiqib oldi. Yagona gol 44-daqiqada Bukayo Saka tomonidan kiritildi.

Ikkinchi bo‘limda madridliklar hisobni tenglashtirish uchun faol harakat qildi, biroq “kanonirlar” himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatib, ustunlikni saqlab qoldi.

Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:1 hisobida g‘alaba qozongan «Arsenal» musobaqa finaliga chiqqan ilk jamoaga aylandi.

Ikkinchi finalchi nomi bugun, 6 may kuni Myunxenning “Bavariya” hamda Parijning “Pari Sen-Jermen” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin aniqlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Inter" muddatidan oldin Italiya chempioni bo'ldi'ning rasmi

    Sport 04.05.2026 05:27

    "Inter" muddatidan oldin Italiya chempioni bo'ldi

    Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Italiya chempionligini "Napoli" jamoasi qo'lga kiritgan edi.

    'Janjalga sabab bo‘lgan hakam o‘yinlardan chetlatildi'ning rasmi

    Sport 01.05.2026 16:31

    Janjalga sabab bo‘lgan hakam o‘yinlardan chetlatildi

    Ligaдаги "Yaypan" — "G‘azalkent" uchrashuvidagi bahsli holatlar yuzasidan ekspertlar xulosasi e’lon qilinib, bosh hakam vaqtinchalik o‘yinlardan chetlatildi.

    'Manchester City Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi'ning rasmi

    Sport 26.04.2026 06:18

    Manchester City Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi

    Husanovga yana bir sovrin uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.

    'FIFA Eron o'yinlarini AQShdan ko'chirish so'rovini rad etdi'ning rasmi

    Sport 12.04.2026 15:59

    FIFA Eron o'yinlarini AQShdan ko'chirish so'rovini rad etdi

    FIFA prezidenti Janni Infantino o‘yinlar qur’a bo‘yicha belgilangan maydonlarda o‘tkazilishini bildirdi.

    'Arsenalning mag'lubiyati Manchester City uchun chempionlik poygasini yanada qizitdi'ning rasmi

    Sport 11.04.2026 16:10

    Arsenalning mag'lubiyati Manchester City uchun chempionlik poygasini yanada qizitdi

    Arsenal o‘z maydonida Bournemouthga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

    '"Liverpul" FA Kubogidan chiqib ketdi'ning rasmi

    Sport 05.04.2026 12:41

    "Liverpul" FA Kubogidan chiqib ketdi

    Van Deyk muxlislaridan uzr soʻradi.