Madaniyat va sport sohasinining rivojiga munosib hissa qo`shib, samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlar mehnatini rag`batlantirish hamda Vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlarida sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida kecha poytaxtimizning "Sayohat” tantanalar majmuasida yil yakunlariga bag`ishlangan yangi yil tadbiri o`tkazildi. Unda shu soha rivojiga munosib ulushini qo`shgan faol xodimlarlarning bir guruhi Vazirlikning Diplom va qimmatbaho esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi, XXXI yozgi Olimpiada o`yinlari g`olibi Hasanboy Do`smatov "Yilning eng yaxshi sportchisi” deb topildi.
Yilning eng yaxshi sportchisiga maxsus diplom hamda 10 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofotni Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov tantanali ravishda topshirdi.





