AsosiySUG'DIYONA

«Archajon» manikyuri

Kerak bo`ladi:

Tovlanuvchi to`q yashil va tilla rang lak bo`yog`i.

Tirnoqlar uchun maxsus yopishuvchi tasmalar.

Bezak toshlari.

Qaychi.

Tirnoq uchun maxsus elim.

1.      Tirnoqlarni bir tekisda yashil rangga bo`yang.

2.      Lak quriganidan so`ng, qaychi yordamida ikkita qalin va 4 ta ingichka tasmalar qirqib oling.

3.      Ikkita qalin tasmani tirnoqlar tepasidan, pastga qarab uchburchak shaklda yopishtiring.

4.      Qolgan 4 ta ingichka tasmalarni bir-birini ustidan suratdagidek yopishtirasiz.

5.      So`ng tasmalar orasiga tillarang bo`yoq surting.

6.      Bo`yoq qurigach, tasmalarni olib tashlang. Maxsus elim yordamida archa tepasiga toshcha o`rnating.

Yangi yil oqshomiga qadar ushbu manikyurni, albatta,  o`rganib oling.


Boshqa yangiliklar