AsosiySUG'DIYONA

Bayramni bexavotir o`tkazishning 10 qoidasi

Yangi 2017 yilni ko`ngildagidek qarshilash uchun quyidagi yong`in xavfsizligi talablariga rioya qiling. O`zingiz, farzandingiz va yaqinlaringizning hayotini xavf ostida qoldirmang!   

1. Archani har qanday binoning birinchi qavatidagi keng xonalardan biriga o`rnating. Bezalgan xonaning kamida ikkita chiqish joyi bo`lishi shart.

2. Muassasa rahbarlari tantana boshlanishi oldidan yoritgichlarning sozligini, elektr sim va kabellarni ulanishi «Elektr uskunalarini tuzilishi qoidalari» asosida bajarilganligini, yong`inni o`chirishning birlamchi vositalari mavjudligini va ishga yaroqliligini tekshirib ko`rishlari zarur.

3. Yangi yil bayram tadbirlari o`tkaziladigan ob`ektlarda archaning mustahkam o`rnatilishi, shoxlari devor va shiftlarga tegmasligi, me`yor talablariga javob bermaydigan, kuchlanish 12 V dan va quvvati 25 Vt. dan yuqori bo`lgan elektr girlyandalari va tez alangalanuvchi buyumlar bilan bezatilmasligi qattiq nazoratga olinishi zarur.

3. Archani qog`oz, sellyuloid o`yinchoqlar, paxta va tez yonuvchi materiallar bilan yasatish mumkin emas.

4. Archani isitish moslamalari yonida o`rnatish ta`qiqlanadi.

5. Bayram marosimlari vaqtida bengal shami, mushak va boshqa turli pirotexnika vositalaridan foydalanish qat`iyan ta`qiqlanadi.

6. Bolalarni archa atrofida va archa o`rnatilgan xonada yolg`iz, qarovsiz qoldirish hamda ularga tez yonuvchi xomashyolardan tayyorlangan kiyimlarni kiydirish yaramaydi.

7. Ochiq olovdan foydalanish va shunga o`xshash yong`in yoki portlash xavfi bor ishlarni amalga oshirish mumkin emas.

8. Qatorlar oralig`idagi o`tish joylarini toraytirish, u erlarga qo`shimcha stul yoki o`rindiqlar o`rnatish va belgilangan me`yordan ko`p odam bilan xonalarni to`ldirish man etiladi.

9. Ehtiyot shart, agarda yong`in alomati sezilsa, avvalo bolalarni xavfsiz joyga chiqarib, tezda «101» raqamiga qo`ng`iroq qiling.

10. Xonadonlarda nosoz gaz va elektr moslamalar, qo`lbola isitish uskunalaridan foydalanishiga yo`l qo`ymang.

Boshqa yangiliklar