Nigeriyaning Mayduguru shahrida beliga ajal kamarini taqqan, uni portlatishga muvaffaq bo`lmagan xudkush-terrorchi ayolni olomon urib o`ldirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Ikki xudkush-terrorchi ayol shahar mol bozoriga keldi. Ulardan biri portlovchi qurilmani ishga soldi va faqat o`zi portlab halok bo`ldi. Bozor aholisi shunda ikkinchi ayolga e`tibor qaratdi. U ham ajal kamarini ishga solishga harakat qildi, ammo portlashni amalga oshirolmadi. Shunda bozordagi odamlar unga hujum qilib, kaltaklab, urib o`ldirdi. Polisiyachilar omadsiz terrorchi ayolning jasadidan ajal kamarini echib oldi.
Hozircha mazkur teraktni birorta terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olmadi. Hukumat xudkush ayollarni “Boko haram” terrorchilik guruhi yollaganini taxmin qilmoqda.





