Italiyalik xonada Toto Kutuno Aleksandrov nomli ansambl bilan birga ishtirok etish uchun Suriyadagi konsertga taklif etilgan edi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Toto Kutuno ilgari ham mazkur jamoa bilan hamkorlik qilgan. “Bu fojiadan hali ham o`zimga kelolmayapman. Ular bundan bir oy ilgari menejerim bilan bog`lanib, meni Suriyadagi konsertga taklif etishgandi”, – dedi mashhur xonandi.
Toto Kutunoning ma`lumot berishicha, 29 dekabr kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan konsertga u ham taklif etilgan. Xonanda mash`um aviahalokatda halok bo`lganlarning oila a`zolariga ta`ziya bildirdi.





