AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyadagi yongʻinda oʻzbekistonliklar yoʻq

TIV holatni nazoratga olgan.

'Janubiy Koreyadagi yongʻinda oʻzbekistonliklar yoʻq'ning rasmi

Janubiy Koreyaning Teyjon shahridagi avtokomponentlar ishlab chiqarish zavodida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat TIVning Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan doimiy nazoratga olingan. Koreyadagi diplomatik vakolatxona orqali tegishli idoralar bilan hamkorlikda ishlar davom etmoqda.

Zarur holatlarda fuqarolar O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasiga tezkor aloqa raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar