AsosiyJamiyat

Farg‘onada mast holatda janjal qilgan ayollar javobgarlikka tortildi.

ИИО ходимларининг қонунний талабларига бўйсунмаган икки нафар аёлга нисбатан маъмурий баённома расмийлаштирилиб, иш судга юборилди.

'Farg‘onada mast holatda janjal qilgan ayollar javobgarlikka tortildi.'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmay jamoat tartibini buzgan ayollar haqidagi videolar tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 29 noyabr kuni soat 04:00 atrofida Farg‘ona shahri, Shakarkishloq mahallasi Tarona ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 2003 yilda tug‘ilgan M.G‘. va 2004 yilda tug‘ilgan F.O. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda shu hududda yashovchi fuqarolarning tinchligini buzgan.

Hodisa joyiga etib kelgan IIO xodimlari ularni tinchlantirishga uringan, ammo ayollar xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddalari asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ish tegishli sud organiga yuborilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda ayolni "samosud" qilib, sochlarini olishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:41

    Andijonda ayolni "samosud" qilib, sochlarini olishdi

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    'Mirzo Ulug'bek tumonidagi ko'p qavatli uyda yong'in sodir bo'ldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:36

    Mirzo Ulug'bek tumonidagi ko'p qavatli uyda yong'in sodir bo'ldi.

    Hodisa Hamid Olimjon ko‘chasidagi xonadonlardan birida yuz bergan.

    'O'zbekistonda 1765 ta masjidda Qur'on xatm qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:36

    O'zbekistonda 1765 ta masjidda Qur'on xatm qilinadi

    Bugun, 16 mart kuni mamlakati bo‘ylab bir vaqtning o‘zida Qur’on xatmon marosimlari o‘tkaziladi.

    'Olmaliqda qiymati 2,7 mlrd dollarlik 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:56

    Olmaliqda qiymati 2,7 mlrd dollarlik 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi.

    Fabrika bo‘yicha to‘liq ma’lumotni Darakchi.uz’ning YouTube kanalida ko‘rishingiz mumkin.

    'Yo‘l qurilishida noqonuniy pul talab qilinishi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:45

    Yo‘l qurilishida noqonuniy pul talab qilinishi fosh etildi

    Qoraqalpog‘istonda mansabdor shaxs so‘ralgan mablag‘ini olayotgan vaqtida tezkor tadbirda ushlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:41