Qoraqalpog‘istonda mansabdor shaxs so‘ralgan mablag‘ini olayotgan vaqtida tezkor tadbirda ushlandi.
“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri Qoraqalpog‘iston filiali xodimi xizmat mavqeidan foydalanib, “Beruniy-To‘rtko‘l” A380-sonli magistral yo‘l qurilishi loyihasining 5 kmlik ish hajmini olish evaziga MChJ rahbaridan 10 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati tezkor tadbirda ushbu shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtda qo‘lga tushirildi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmogda. Fuqarolar bunday holatlarga duch kelganda DXXning 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin.






