AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda qariyb 2000 turdagi dorining narxi pasaytirildi

1 martdan retsept asosida beriladigan ko‘plab dori vositalarining chakana narxi arzonlashtirildi.

'O‘zbekistonda qariyb 2000 turdagi dorining narxi pasaytirildi'ning rasmi

2026 yil 1 martdan boshlab retsept asosida beriladigan qariyb 2000 nomdagi dori vositalarining chakana narxlari pasaytirildi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, iste’molchilar dori vositalarini xarid qilishdan oldin ularning belgilangan referent (cheklangan) narxini maxsus raqamli platformalar orqali tekshirishi mumkin. Buning uchun pharm.gov.uz sayti hamda PharmUz mobil ilovasidan foydalanish tavsiya etilgan.

Mazkur xizmatlar orqali foydalanuvchilar dori vositasi nomi, ishlab chiqaruvchisi va belgilangan chakana narxi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Bu esa dorixonalarda dori vositalarining sun’iy ravishda qimmat narxda sotilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Agar dori vositasining belgilangan referent narxidan yuqori bahoda sotilayotgani anqalansa, iste’molchilar PharmUz ilovasidagi "Shikoyatlar" bo‘limi orqali murojaat qoldirishi mumkin. Murojaatlar vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqilib, qonunbuzarlik anqalansa tegishli choralar ko‘riladi.

Shuningdek, dorixonalardan dori vositalarini sotishda belgilangan referent narxlarga qat’iy rioya qilish talab etilmoqda. Agar dorilar cheklangan narxdan yuqori bahoda sotilgani anqalansa, bu litsenziya talablari buzilishi sifatida baholanib, dorixona litsenziyasi bekor qilinishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:36

    'Olmaliqda qiymati 2,7 mlrd dollarlik 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:56

    Olmaliqda qiymati 2,7 mlrd dollarlik 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi.

    Fabrika bo‘yicha to‘liq ma’lumotni Darakchi.uz’ning YouTube kanalida ko‘rishingiz mumkin.

    'Yo‘l qurilishida noqonuniy pul talab qilinishi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:45

    Yo‘l qurilishida noqonuniy pul talab qilinishi fosh etildi

    Qoraqalpog‘istonda mansabdor shaxs so‘ralgan mablag‘ini olayotgan vaqtida tezkor tadbirda ushlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:41

    '“Yoshlik-1” va “Qalmoqqir” konlarida 45 million tonna mis, 5 ming tonnadan ziyod oltin zahirasi borligi ta’kidlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:01

    “Yoshlik-1” va “Qalmoqqir” konlarida 45 million tonna mis, 5 ming tonnadan ziyod oltin zahirasi borligi ta’kidlandi

    Barcha texnologik jarayonlar raqamlashtirilib, sun'iy intellekt asosida yagona boshqaruv tizimiga ulanadi.

    '50 kub metr gaz uchun imtiyozli narx mart oyi oxirigacha uzaytirildi — Energetika vazirligi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:56

    50 kub metr gaz uchun imtiyozli narx mart oyi oxirigacha uzaytirildi — Energetika vazirligi

    Эслатиб ўтамиз, президентнинг қарорларига асосан эҳтиёжманд оилаларга ишлатилган электр энергияси ва табиий газ учун давлат томонидан ҳар ойда компенсация берилади.