Gohida rejalashtirgan ishlarimiz biz istagandek amalga oshmasa, tushkunlikka tushib qolamiz. Agar bu hol bir necha marta takrorlansa, «nimanidir o`zgartirishim kerak» deya o`ylanamiz. Aslida, o`zgarishlar qilishning fursati etganini qachon anglab etamiz? O`zimizga seziladimi bu jarayon? O`zgarishlar bizga qanchalik kerak?
Quyidagi test savollariga javob berib, o`zingizni tekshirib ko`ring.
1. Hozirgi ish faoliyatingizdan mamnunmisiz? Ha – 1 ball; Yo`q – 0 ball
2. Rejangiz siz istagandek bo`lmasa, asabiylashasizmi? Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball
3. O`zingizni–o`zingiz nazorat qilishingiz ko`pincha pand beradi. Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball
4. Atrofingizdagilar qarshi bo`lishsa ham o`z fikringizda qolasizmi? Ha – 1 ball; Yo`q – 0 ball
5. Xarakteringizdan kelib chiqib, o`zingizga ham yoqmagan biror odatingiz bormi? Ha -0 ball; Yo`q – 1 ball
6. Do`stlaringiz siz haqingizda hazil qilishlariga indamay qarab turolasizmi? Ha -1 ball; Yo`q – 0 ball
7. Oilangizdagi muammolarni oson hal qilolasizmi yoki buning aksimi? Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball
8. Notanish davralarga oson qo`shilib ketasizmi? Ha – 1 ball; Yo`q- 0 ball
9. Qomatingiz o`zingiz istagandekmi? Ha-1 ball; Yo`q -0 ball
10. Shirinlik egingiz kelsa, avval uning kaloriyasini chamalab olasizmi?Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball
11. Xayol surishni yoqtirasizmi? Ha – 0 ball; Yo`q-1 ball
12. Plastik jarroh yordamidan foydalanishni istarmidingiz? Aytaylik, tashqi ko`rinishingizga biror o`zgartirish kiritish uchun. Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball
13. Sport zali yoki fitness mashg`ulotlariga qatnashasizmi?Ha – 0 ball; Yo`q – 1 ball
14. Ko`zgu qarshisida o`z aksingizni tomosha qilishni yoqtirasizmi? Ha – 1 ball; Yo`q – 0 ball.
Natija:
To`plagan balingiz 0dan 4gacha bo`lsa: hayotingizdan unchalik mamnun emasdeksiz. Biror nima o`zgartirmasam bo`lmaydi, deysizu, ammo o`sha sizga kerakli narsani topolmaysiz. O`zingizni tanqid qilavermang. Muammolar faqat sizda emas, boshqalarda ham bor. O`zgartirishni o`zingizdan boshlang. Nazoratni kamaytiring, hissiyotlaringizga izn bering, yig`lang, kuling, istasangiz baqiring. Biroq barchasini ichga yutavermang.
To`plagan balingiz 5dan 9gacha bo`lsa: Vaqti-vaqti bilan qilayotgan ishingiz, hayotingizdan ko`nglingiz to`lmaydi. Ammo sizda iroda kuchli. Xohlasangiz, katta o`zgarishlar qilolasiz. Biroq ishni nimadan boshlash kerakligini avvaldan o`ylab oling.
To`plagan balingiz 10dan 14gacha bo`lsa: hayotingizdan mamnunsiz. Bordiyu ishlaringiz reja asosida bo`lmasa ham tushkunlikka tushmay, hammasini qaytadan boshlolasiz. Chunki o`zingizga ishonchingiz kuchli. Agar biror nimani o`zgartirish kerak bo`lsa ham bu ish uchun hozir mavridi emas. Vaqti soati kelganida o`zingizga kerakligini istagingizga ko`ra o`zgartirishingiz mumkin.





