Para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Yulduz Maxmudova Winter Paralympic Games doirasida gigant-slayom dasturida ishtirok etadi. Musobaqa Milan va Cortina d’Ampezzo shaharlarida bo‘lib o‘tmogda.
O‘zbekistonlik para sportchining chiqishi Toshkent vaqti bilan soat 13:25 da start olishi belgilangan.
Qishki Paralimpiadada para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini Yulduz Maxmudova va Firdavs Kudyatov himoya qilmogda. Har ikki sportchi ham gigant-slayom dasturida qatnashadi.
Firdavs Kudyatovning chiqishi esa 13 mart kuniga belgilangan.
Ma’lumot uchun, XIV qishki Paralimpiya o‘yinlari 6-mart kuni start olgan bo‘lib, 15 martgacha Italiyada davom etadi.






