Qora dengiz ustida Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik izhor etdi.
Rossiya Federasiyasi Prezidenti
Vladimir Putin Janobi oliylariga
Muhtaram Vladimir Vladimirovich!
Qora dengiz ustida Tu-154 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani haqidagi xabarni og`ir qayg`u bilan qabul qildim.
Mening chuqur ta`ziyamni qabul qilishingizni va halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardligimni etkazishingizni so`rayman.
Shavkat Mirziyoev,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti





