Xonanda Jahongir Otajonov xonadonida ta`mirlash ishlarini olib bormoqda.
Bu haqda xonanda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma`lum qildi. Bahonada xonanda o`zini nasha chekishini taxmin qiluvchi muxlislarning fikrlariga ham izoh berdi.
“Uyimning kiraverishi ya`ni Dolon uchun(Xorazmda bunday xonani dolon deyishadi, hozirgi kunda Hall desa ko`pchilik tushunadi), qisqasi o`zimning dizaynim bilan bo`lgan desam uncha ishonishmaydi. Ba`zilar faqat nasha chekadi, deb o`ylashadi. Bunaqa ishlar ham qilaman, buni uyat joyi yo`q. Mobodo ovozim bo`g`ilib qolsa, usta bo`laman, kafel terishni esa Shvesiyada o`rganganman”,—deb yozdi Jahongir Otajonov.

“Oldimdagi esa usta Bahodir aka. Qanaqa qo`yishni ko`rsatyapman ya`ni ‘Kafelni yopishtirib ketavermaydi, aka’, deb”,—deydi Jahongir Otajonov ta`mir ishlari aks etgan suratni izohlab.





