2016 yil 23 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo`lib o`tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.
“O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a`zosining maqomi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 16-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati A.G`ofurovning deputatlik vakolati bergan arizasiga binoan muddatidan ilgari tugatish to`g`risida qaror qabul qildi.





