Zarur masalliqlar: 200 gr. tovuq go`shti, 50 gr. marinadlangan qo`ziqorin, 2 dona qaynatilgan tuxum, bitta bodring, mayonez, ko`katlar, qalampir, dafna bargi, murch, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini tuz, qalampir va murch solingan suvda qaynating. Pishishiga yaqin bitta dafna bargi qo`shing. Tayyor bo`lgach, qaylasi sovuguncha go`shtni idishdan olmang.
2. Tuxum, bodring va qo`ziqorinni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Tovuq go`shtini sho`rvasidan ajratib oling-da, maydalab to`g`rang.
3. To`g`ralgan tovuq go`shti va qolgan masalliqlarni alohida idishlarda tuz va mayonez solib, aralashtiring. So`ngra salat likopchasiga ustma-ust joylashtirasiz. Salatni ko`katlar bilan bezatishni unutmang.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa
6 kishilik





