23 dekabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.
Sessiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ma`ruza qildi.
Ma`ruzada qadim Samarqand va samarqandliklarning salohiyati, yaratuvchilikka ishtiyoqi azaldan baland bo`lib kelgani, mustaqillik yillarida ham viloyatda misli ko`rilmagan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgani, shahar va tumanlar markazlari, qishloqlarning bugungi qiyofasi tanib bo`lmas darajada o`zgarib, nafaqat xalqimiz balki dunyo e`tiborini ham o`ziga rom etayotgani ta`kidlandi.
Shu bilan bir qatorda, viloyat sanoat salohiyatini yanada oshirish uchun tuman va shaharlarda hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko`pligi qayd etildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tavsiyasiga binoan Samarqand viloyati hokimining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Himmat Oqbo`taev Samarqand viloyati hokimi etib saylandi.





