1. Cho`milib chiqqandan so`ng kipriklaringiz bir-biriga yopishgan holda qurimasligi uchun eski tush chyotkasi yoki oddiy tish chyotkasi bilan tarang.
2. Yuvinib bo`lgach kipriklaringizga soch uchun balzamdan surtib, 1-2 daqiqadan so`ng yuving.
3. Kipriklar uchun maxsus shampun ishlab chiqarilmagan, ammo ularni bolalar shampuni bilan yuvsangiz, o`sish jarayoni sezilarli darajada tezlashadi. Shampun qadog`ida ko`zni achitmaydi, degan yozuvi borligiga ahamiyat bering.
4. Kastor yog`i tarkibida o`sish jarayonini tezlashtiruvchi risinolein kislotasi mavjud. Paxtali tamponda yoki eski tush chyotkasida kastor yog`dan kipriklarga surtib turing.
5. Doimiy ravishda maxsus kipriklar uchun sivorotkalardan foydalaning. Bunday sivorotkalarni sotib olayotganingizda uning tarkibiga ahamiyat bering. Sivorotkada skvalan, bisabolol, gialuron kislotalari, peptid moddasi va vitaminlar bo`lishi shart.
6. Agar siz kiprikqayirgichlardan foydalansangiz, bu ishni tush surtishdan oldin qiling. Agar keyin kipriklarni qayirsangiz, ular sinadi.
7. Kipriklarni har kuni kiprikqayirgichda qayirmang. Haftada 1 marta etadi.
8. Sifatli, yumshatuvchi, namlantiruvchi tush xarid qiling.
9. Iloji boricha yon tarafga qarab yoki chalqancha uxlang. Yuzni yostiqqa bosib uxlaganda kipriklar sinadi va to`kiladi.





