Italiya chempioni "Yuventus" jamoasi mamlakat Kubogi sohibi "Milan" bilan Italiya Superkubogi uchun o`zaro to`qnash keldi.
Uchrashuvning asosiy va qo`shimcha bo`limlarida 1:1 hisobi qayd etildi. Avval Jorjo Kellini hisobni ochdi. Keyin Bonaventura hisobni tenglashtirdi.
Asosiy va qo`shimcha vaqtda hisob o`zgarmagach, jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. "Futbol lotoreyasi"da esa milanliklar ustun keldi.
“Yuventus” – “Milan” 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0)
Penaltilar seriyasi – 3:4
Gollar: 1:0 – 18 Kellini, 1:1 – 38 Bonaventura.
“Yuventus” – Buffon, Lixtshtayner, Rugani, Kellini, Aleks Sandro (Evra, 33), Xedira, Markizio, Pyanich (Dibala, 67), Sturaro (Lemina, 79), Mandjukich, Iguain.
“Milan” – Donnarumma, Romanoli, De Shilo, Abate (Antonelli, 102), Paletta, Kuska, Lokatelli (Pashalich, 74), Bonaventura, Bertolachchi, Suso, Bakka (Lapadula, 102).
Ogohlantirishlar: Lixtshtayner (35), Romanoli (43), Kuska (58), De Shilo (70), Iguain (120).





