Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti o`zgardi.
Daryo.uz nashrining Championat.asia nashriga tayanib xabar berishicha, “O`ztransgaz”ning yangi rahbari Ergash Shoismatov klubning yangi prezidentiga aylangan.
16 dekabr kuni “O`ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi Shukurullo Mahmudov “Bunyodkor” prezidenti etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. U klub prezidenti lavozimida Bedil Alimovning o`rnini egallagan edi.
23 dekabr kuni Mahmudovning o`zi “O`ztransgaz”dagi rahbarlik lavozimini Ergash Shoismatovga bo`shatib, “Markazgazta`minot” unitar korxonasiga direktor etib tayinlangani ma`lum bo`ldi.





