AsosiyJamiyat

Yunusoboddagi uyda yong‘in chiqdi

Hodisa ortidan 70 kvadrat metr maydon zararlandi.

'Yunusoboddagi uyda yong‘in chiqdi'ning rasmi

Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida uyning tom qismi va ichki hududi yonib zararlangan, jabrlanganlar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar xizmatiga ko‘ra, hodisa 17 fevral kuni soat 15:47 da Niyozbek ko‘chasidagi uylardan birida yuz bergani haqida xabar kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 7 daqiqa ichida etib borib, yong‘inni soat 15:59 da qurshab olgan va 16:02 da to‘liq o‘chirgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida uyning taxminan 70 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va etkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar