AsosiyDunyo

Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjonning Ukrainadagi elchixonasiga uch marta hujum qilishda aybladi

Ilhom Aliyev Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasiga uchta hujum bo‘lganini ta’kidladi.

'Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjonning Ukrainadagi elchixonasiga uch marta hujum qilishda aybladi'ning rasmi

Myunxen xavfsizlik konferensiyasida jurnalistlar Ilhom Aliyevdan Vladimir Putin bilan Rossiyaning Ukrainaga hujumlari, jumladan, Ozarbayjon kompaniyalariga tegishli energetika ob’yektlariga zarba berilgani masalasini ko‘targani yoki yo‘qligini so‘radi, ammo prezident bunga aniq javob bermadi. 

Bundan tashqari, Ilhom Aliyev Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasiga uchta hujum bo‘lganini ta’kidladi.

"Birinchi hujumdan so‘ng biz buni tasodif deb taxmin qilishimiz mumkin edi. Biz Rossiyaga Ozarbayjonning Ukrainadagi barcha diplomatik vakolatxonalari, jumladan konsullik bo‘limi, madaniyat markazlari va elchixonaning aniq koordinatalarini taqdim etdik. Shunga qaramay, yana ikki hujum sodir bo‘ldi. Demak, bu Ozarbayjonning diplomatik vakolatxonasiga qasddan qilingan hujum edi", — dedi Ozarbayjon yetakchisi.

    Boshqa yangiliklar