23 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qozog`iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Idrisov bilan uchrashdi.
Muloqot chog`ida oliy darajadagi O`zbekiston-Qozog`iston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlar rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda 2017-2018 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining nodoimiy a`zoligiga Qozog`istonning saylanishi hisobga olingan holda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi vazirliklararo hamkorlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi.
Suhbat davomida turli sohalardagi O`zbekiston-Qozog`iston muloqotini yanada chuqurlashtirish, jumladan ikki tomonlama hamkorlik institutlari faoliyatini kuchaytirishdan ikki davlat ham birdek manfaatdor ekanligi qayd etildi. Muhokama qilingan barcha masalalar bo`yicha O`zbekiston va Qozog`iston pozisiyalarining yaqinligi va muvofiq ekanligi ta`kidlandi.
Muzokaralarda Qozog`iston Elchisi Erik Utembaev ishtirok etdi.





