Hozirda ko`pchilik qo`l telefonni imidjiga qarab tanlayotgani sir emas. Gap uning qimmat yo arzonligida emas, albatta. Mutaxassislarning fikricha gap uning rusumida. Xo`sh, sizning telefoningiz qaysi firmaniki. Telefoningizning rusumiga qarab fe`lingizdagi ba`zi xususiyatlarni bilish mumkin ekan.
iPhone. Sizni tavakkal ishlarga qo`l uruvchi va biroz o`yinqaroq deyishadi atrofdagilar. Bu e`tirof sizga unchalik ma`qul bo`lmasa-da, ammo bunga e`tiroz bildirmaysiz. Olomondan ajralib turish sizga yoqadi va ko`pincha siz buni ataylab qilasiz. Sizning o`zingizga xosligingiz ham shunda. Siz istaklaringizni to`lig`icha amalga oshirishni istaysiz va bu istaklar atrofdagilaringizning fikricha, biroz g`alati. To`g`ri, buni inkor etmaysiz, ammo aksariyat hollarda haqiqatan ham haddingizdan oshayotganini his etasiz.
Nokia. Me`yor tuyg`usi sizda juda yaxshi shakllangan. Ilohiy uyg`unlikka erishuv yo`lidagi harakatlaringizga havas qilsa arziydi. Deyarli hamma joyda, hamma ishni qanday lozim bo`lsa, shunday bajarasiz. To`g`ri, ko`p hollarda harakatlaringiz barchaniki singari, bir xillikday ko`rinadi. Bundan zerika boshlaysiz. Ammo bu faqat vaqtinchalik. Siz bu o`tkinchi holatdan ham yaxshigina chiqib keta olasiz. Shuningdek, hamma vaqt suvdan va hatto botqoqlikdan ham quruq chiqib ketish qo`lingizdan keladi.
Siemens. Maqsad sari intiluvchansiz, siz uchun muhimi ishonchlilik, aniqlik. Odatda, siz xotirjamlikka, muvozanatga intilasiz. Atrofdagilar siz haqingizda irodasiz deb o`ylamasliklari uchun ko`pincha kayfiyatingizning keskin o`zgaruvini odamlardan yashirishga intilasiz. Shuningdek, mana shu, atrofingizdagilarni o`zingizdan ko`ra aqlsizroqmi, e`tiborsizroqmi deb hisoblagingiz keladi, ishqilib, ularning keng dunyoqarashiga biroz shubha bilan qaraysiz. Ammo faqatgina eng yaqin insoningiz – sevganingizninggina kamchiliklaridan ko`z yumasiz, tug`rirog`i ularni ilg`amaysiz.
Sony. Sizga keng miqyosdagi ishlar yoqadi. Faqat hammasi qonuniy va aql doirasida bo`lsa bo`lgani. Umuman, siz har qanday holatda ham qoidani buzmaslik kerak, deb hisoblaysiz. Hammasi qonun-qoida asosida bo`lsin, aks holda bu o`yinga qo`shilmysiz. Jon tomiringizga qadar klassikani yoqtirasiz.
Ericsson. Ba`zan siz atrofdagilarni hayratda qoldirasiz. Sizning qanday fikrga kelishingizni oldindan aytib berish mushkul. Ba`zi qarorlaringizdan atrofdagilar lol bo`lib qolishadi, sizga aynan shu kerakday, hech kimga qiyo ham boqmay yo`lingizda davom etasiz. Qimmat buyumlarni ham, arzonlarini ham birday sotib olaverasiz. Va ulardan juda yaxshi foydalansiz.
Sonyericsson. Siz umuman yangi narsalarni yoqtirasiz, yangilikka o`chsiz. Qiziquvchansiz, shuningdek, vaqtdan ortda qolishni yoqtirmaysiz. Turli ixtirolarni kuzatib borish sizning xobbingiz. Agar qiziqib qolsangiz, xohlagan mashg`ulot bilan shug`ullanishingiz mumkin. Kamdan-kam holatlarda zerikasiz, doim nimadir bilan shug`ullanish imkonini topasiz.
Artel. Siz konservativ, hissiyotga beriluvchan, xotirjamlikka intiluvchan kishisiz. Shahar tashqarisida, yaqinlar davrasida, chiroyli tabiat qo`ynida yashashni istaysiz. Aslida bu faqat xohish. agar chindan ham sivilizasiyadan yiroq muhitga tushib qolsangiz, darhol nimalardandir noroziligingizni namoyon qila boshlaysiz. To`g`ri, yaqinlaringiz sizdan uzoqda bo`lishsa, rostdan ham ularni sog`inasiz. Ammo hr doim ham ularg tikilib turish sizga unchalik yoqinqiramaydi.
LG yoki Samsung. Siz barcha yorqin buyumlaru, kiyimlarni yoqtirasiz. Ko`rganingiz hamono ularni o`z uyingizga tashiysiz. Keyin bu narsa kerak bo`ladimi yoki yo`q, bu haqda o`sha payti unchalik o`ylab ham o`tirmaysiz. Jahlingiz tez, shuningdek, biror mashg`ulotga ham birdan kirishib ketishingiz mumkin. Ammo shunisi ham borki, darhol bu qiziqishingiz darhol so`nishi ehtimoli ham bor.
RUHShONA tayyorladi





