Rossiya rahbari Anqarada foijali ravishda halok bo`lgan Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning dafn marosimida qatnashdi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tobut yoniga gul qo`yib, fojiali halok bo`lgan Andrey Karlov xotirasi uchun bosh egdi. Marhum elchining onasi Mariya Aleksandrovna Karlovaga, rafiqasi Marina Karlovaga, o`g`li Gennadiy Karlovga va opasi Elena Shirankovalarga ta`ziya izhor qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin marhum Andrey Karlovning dafn marosimida ishtirok etish uchun har yili o`tkaziladigan katta matbuot anjumanini boshqa kunga ko`chirdi.
Rossiya elchisi, marhum Andrey Karlovni so`nggi yo`lga kuzatishda Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev, Kengashlar Federasiyasi spikeri Valentina Matvienko, Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovlar ham ishtirok etdi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov tobutga gulchambar qo`ydi.