AsosiyJamiyat

Мўлжалланмаган автомобилларни миллиардлаб сўмга сотган эркакка ҳукм ўқилди

Telegram orqali yuzlab fuqarolarni aldab, qariyb 5 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxs 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

'Мўлжалланмаган автомобилларни миллиардлаб сўмга сотган эркакка ҳукм ўқилди'ning rasmi

Mavjud bo‘lmagan avtomobillarni arzon narxlarda sotishni va’da qilib, yuzlab fuqarolarni aldagan shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan, 1999 yilda tug‘ilgan M.A. Telegram messenjerida “Yolg‘iz bo‘ri” nomi bilan akkaunt ochib, avtomobillar savdosiga oid kanallarda o‘ziga tegishli bo‘lmagan qimmatbaho mashinalar sotilayotgani haqida e’lonlar joylashtirgan. Xususan, BYD va Toyota Prado rusumli avtomobillar arzonlashtirilgan narxlarda taklif qilingan.

Ishonch uyg‘otish maqsadida u avtomobillarning ishlab chiqarilgan yili, bosib o‘tgan masofasi va texnik holati haqida batafsil ma’lumotlar berib, internet va uchinchi tomon manbalaridan olingan fotosuratlar asosida videolar tarqatgan.

Firibgar salonlarda 80–90 ming dollar turadigan avtomobillarni 50 ming dollarga taklif qilib, xaridorlardan 2 ming dollardan 5 ming dollargacha boshlang‘ich to‘lov o‘tkazishni talab qilgan. Pullar uchinchi shaxslar nomiga ochilgan virtual hisoblarga o‘tkazilgandan so‘ng esa u muloqotni to‘xtatib, yozishmalarni o‘chirib tashlagan.

Natijada u fuqarolarga jami 4 mlrd 800 mln so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgan. Sud hukmi bilan M.A. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:28

    'Prezident sport sohasidagi 2025 yil natijalari va 2026 yil rejalari bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:56

    Prezident sport sohasidagi 2025 yil natijalari va 2026 yil rejalari bilan tanishdi

    Yaqin istiqbolda ommaviy sport bilan shugʻullanuvchilar sonini 17 million nafarga yetkazish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

    'Oʻzbekistonga Apple Pay, Google Pay kabi xalqaro toʻlov tizimlari kirib kelishiga toʻsqinlik qilayotgan qonun oʻzgartirilmogʻda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:01

    Oʻzbekistonga Apple Pay, Google Pay kabi xalqaro toʻlov tizimlari kirib kelishiga toʻsqinlik qilayotgan qonun oʻzgartirilmogʻda

    Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.

    'Namanganda alimentdan qarzdor ota panjaradan oshib qochishga urindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:27

    Namanganda alimentdan qarzdor ota panjaradan oshib qochishga urindi

    Alimentdan 30 million so‘m qarzi bo‘lgan shaxs qo‘lga olinayotgan paytda qochishga harakat qildi.

    'Fargʻonada haydovchi oʻz boʻshimchaligi oqibatida YTH sodir boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:48

    '"O'zgidromet" fond ko'chishi xavfi bo'yicha tezkor ogohlantirish e'lon qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:44

    "O'zgidromet" fond ko'chishi xavfi bo'yicha tezkor ogohlantirish e'lon qildi

    Respublika togʻli hududlarida yogʻingarchilik va harorat oʻzgarishi sabab qor koʻchishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.