AsosiyDunyo

Trump Gaza boʻyicha Tinchlik kengashiga doimiy aʼzolik uchun pul talab qilmoqda

Doimiy aʼzolik miqdori 1 mlrd dollar. Ushbu kengashga Trumpning oʻzi raislik qiladi.

'Trump Gaza boʻyicha Tinchlik kengashiga doimiy aʼzolik uchun pul talab qilmoqda'ning rasmi
Donald Trump ma'muriyati "Tinchlik kengashi" (Board of Peace) deb nomlanadigan yangi xalqaro organda doimiy o‘rin egallashni istagan davlatlardan kamida bir milliard dollar miqdorida badal so‘ramoqda, deb yozadi Bloomberg nizom loyihasiga tayanib.

Tinchlik kengashini tuzish masalasi G‘azo sektorida o‘t ochish to‘xtatilganidan beri muhokama qilinmoqda. O‘shanda Trumpning rejasiga ko‘ra, sulhning ikkinchi bosqichida G‘azoni boshqarish uchun Trumpning o‘zi boshchiligidagi maxsus xalqaro organ – Tinchlik kengashiga hisobdor bo‘lgan Falastin muvaqqat qo‘mitasi tuzilishi ko‘zda tutilgandi.

Tinchlik kengashi nizomida aytilishicha, har bir taklif qilingan davlatning a’zolik davri uch yildan ko‘p bo‘lmaydi. Ammo birinchi yil ichida Kengashning pul jamg‘armasiga bir milliard dollardan ortiq mablag‘ qo‘yganlarga bu cheklov qo‘llanmaydi.

Amerikalik rasmiylardan biri jurnalistlarga Tinchlik kengashiga kirish bepul bo‘lsa-da, milliard dollarlik badal doimiy a’zolikni kafolatlashini tasdiqlagan. Bloomberg manbasining so‘zlariga ko‘ra, mablag‘lar Kengashning G‘azoni tiklash bo‘yicha mandatini bajarishga yo‘naltiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tinchlik kengashi «yig‘ilgan deyarli har bir dollar»dan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi.

Tinchlik kengashining birinchi raisi Trumpning o‘zi bo‘ladi. U yerga kimni taklif qilishni o‘zi hal qiladi, deb yozadi Bloomberg. Qarorlar ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi (bir mamalakat – bir ovoz), biroq bu qarorlarning barchasi rais tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi. Kengash ovoz berishni yiliga kamida bir marta, shuningdek, «rais ma’qul deb topgan qo‘shimcha muddatlarda va joylarda» o‘tkazadi. Kun tartibini ham rais tasdiqlaydi. Bundan tashqari, Trump kengash a’zolarini chiqarib yuborish huquqiga (agar bu qaror ovozlarning uchdan ikki qismi bilan bloklanmasa) ega bo‘ladi, deyiladi nizom loyihasida.

Hujjatda Tinchlik kengashi «barqarorlikka ko‘maklashish, ishonchli va qonuniy boshqaruvni tiklash hamda mojarolar ta’sir ko‘rsatgan yoki tahdid ostida bo‘lgan hududlarda mustahkam tinchlikni ta’minlashga intilayotgan xalqaro tashkilot» deb ta’riflangan. Trumpning tanqidchilari esa AQSh prezidenti BMTga muqobil yoki raqobatchi yaratishga urinayotganidan havoitirda. Bir qator davlatlar ushbu kengash nizom loyihasiga keskin qarshi chiqmoqda va bu takliflarga kollektiv javob berish ustida ishlamoqda, deb yozadi Bloomberg. Bu qaysi davlatlar ekaniga aniqlik kiritilmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron dagi norozilik namoyishlarida minglab odamlar halok bo'ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:19

    Eron dagi norozilik namoyishlarida minglab odamlar halok bo'ldi

    Shuningdek, namoyishlar paytida 250 ta masjid va 250 dan ortiq ta’lim hamda ilmiy markazlar vayron qilingan.

    'Trump Grenlandiya uchun Evropaga bojlarni oshirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:38

    Trump Grenlandiya uchun Evropaga bojlarni oshirdi

    AQSH Grenlandiya uchun Yevropaning 8 davlatiga 10 foizlik qoʻshimcha boj joriy qildi.

    'Чеченистон раҳбари ўғли Адам Қодировнинг йиғилиш ўтказаётган видеосини эълон қилди'ning rasmi

    Dunyo 17.01.2026 16:52

    'Trump va Netanyahu Erondagi vaziyatni muhokama qildi.'ning rasmi

    Dunyo 17.01.2026 12:06

    ''ning rasmi

    Dunyo 17.01.2026 07:32

    'Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov avtoxalokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 17.01.2026 04:13

    Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov avtoxalokatga uchradi

    Grozniyda Adam Qodirov YTҲdan so‘ng og‘ir ahvolda ekani ma’lum qilindi.