Joriy yilning 16 yanvar kuni soat 21:30 dan boshlab Samarqand viloyatining Urgut tumani hududidan o‘tuvchi "Taxtaqoracha" dovonida harakat vaqtincha cheklandi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, tuman hududidan o‘tuvchi M-39 "Olmota–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz" avtomobil yo‘lining "Taxtaqoracha" dovonida qor yog‘ingarchiligi kuzatilgani hamda havo haroratining keskin pasayishi oqibatida yo‘l qoplamasining yuz qismi muzlab qolgan.
"Shular inobatga olinib, dovon hududida transport vositalari ishtirokida avtohalokatlarning oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida "Taxtaqoracha" dovonining "Urgut–Kitob" yo‘nalishi bo‘yicha transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi", deyiladi xabarda.
Haydovchilardan mazkur yo‘nalishda harakatlanishda belgilangan cheklovlarga amal qilish, muqobil yo‘llardan foydalanish hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish so‘ralgan.






