“Mutaxassislar tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlandiki, ushbu chaqnash sodir bo‘lgan xonadonda uy egasi gaz plitasidan foydalangan paytda nosoz va nostandart shlangdan foydalangan va bu oxir-oqibat o‘sha katta fojiasabab bo‘ldi”, dedi vazirlik axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov.
FVV vakili gaz aniqlovchi analizator, ya’ni agar xonaga gaz sizib chiqsa, manbaini o‘chira-digan qurilma haqida ham ma’lumot berdi.
Bu avtomatlashtirilgan tizim va eng xavfsiz hisoblanishini qayd etdi. Qo‘qondagi portlash “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uyda gaz portlashi 25 fevral kuni sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqandi.
Baxtsiz hodisa sabab mazkur uyda istiqomat qilgan, 2007 yilda tug‘ilgan fuqaro beton qoplama (plita) bosib qolishi sababli og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-mod-dasi 2-qismi “a” bandi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi Tergov departamenti tomonidan nazoratga olindi.






