AsosiyDunyo

Bokuda turkiyalik deputatning 15 yoshli qizi sirli ravishda halok bo`ldi

Ozarbayjonning Boku shahrida turk diplomati Arslan Azmining qizi, 15 yoshli Gyunlyar Shavvalning jasadi topildi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Arslan Azmi elchixonada maslahatchi bo`lib ishlaydi. Ma`lumotlarga ko`ra, uning qizi o`z joniga qasd qilgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, o`z joniga qasd qilishidan avval qizcha liseydagi o`qishdan bir kunga chetlashtirilgan edi.

Yana bir taxminga ko`ra, o`spirin qiz oldindan rejalashtirilgan qotillik yoki baxtsiz hodisa qurboni bo`lgan bo`lishi ham mumkin.

“Biz hodisa yuz bergan bolalar xonasini ko`zdan kechirdik. Qizcha yiqilib tushgan deraza xona poliga yaqin masofada joylashgan va u shaharning markaziy qismiga olib chiqadi. Qizcha oynadan qarash istagida engashgan va sirpanib yiqilib ketgan bo`lishi mumkin. Xonadagi pol sirpanchiq bo`lgan”,—deydi Ozarbayjon huquq tartibot organlari xodimlari.

“Qizcha ziyoli oilada tug`ilib o`sayotgan edi. Uning ota-onasi bilan munosabatlari ham ko`ngildagidek edi. Shuning uchun qizchani joniga qasd qilishga undagan sabablar noma`lumligicha qolmoqda”,—deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar