AsosiySport

Sergeyev Eron klubiga koʻchib oʻtdi

O‘zbekistonlik futbolchi Igor Sergeyev “Persepolis” bilan shartnoma imzoladi.

'Sergeyev Eron klubiga koʻchib oʻtdi'ning rasmi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Igor Sergeev Eronning “Persepolis” jamoasi bilan shartnomani rasman imzoladi.

U 32 yoshda bo‘lib, klubda 19-raqam ostida harakat qiladi. Manbaga ko‘ra, uning shartnomasi 1,5 mavsumga mo‘ljallangan va shu vaqt ichida taxminan 1,5 mln dollar daromad olishi kutilmoqda.

Ayni damda “Persepolis”da O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisi — Oston O‘runov ham maydonga tushmoqda.

Sergeev joriy mavsum Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safida 38 ta uchrashuvda 25 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

    Boshqa yangiliklar