AsosiyJamiyat

Toshkentda 24 yoshli yigit pirotexnika sabab kaftidan ayrildi

Ҳолат бўйича Тошкент шаҳар ИИББ тўлиқ маълумот берди.

'Toshkentda 24 yoshli yigit pirotexnika sabab kaftidan ayrildi'ning rasmi

Xabarga ko‘ra, Yangihayot tumanida 24 yoshli yigit pirotexnika vositalari portlashi oqibatida og‘ir tan jarohatlari olgan. IIO ma’lumotlariga ko‘ra, yigitning qo‘l panjasi jiddiy shikastlangan va barmoqlarining bir qismi amputatsiya qilingan.

Bemorning onasining so‘zlariga ko‘ra, u uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib turgan bir paytda gumburlash ovozini eshitib qolgan va tashqariga yugurib chiqqan. 

“Borsam, o‘glim o‘zi chiqib kelayotgan ekan qo‘lini ushlab. Ko‘rganimda qo‘li qon edi, yuzi ham qonab turgandi. O‘zim qo‘rqib ketdim. Hozir holati yaxshi, qo‘lidan boshqa joyiga jarohat yetmagan”, degan bemorning onasi. 

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir jarohatlar sabab yigitning kaft qismi olib tashlangan. 

    Boshqa yangiliklar