AsosiySport

Bugun "Nasaf" Saudiya Arabistonida "Al Ittihod"ga qarshi maydonga tushadi.

Qarshiliklar OFK Elite Chempionlar ligasi 6-turida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi.

'Bugun "Nasaf" Saudiya Arabistonida "Al Ittihod"ga qarshi maydonga tushadi.'ning rasmi

Bugun, 23 dekabr kuni Qarshining "Nasaf" jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi 6-tur doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Jidda shahridagi "Podsho Abdulla" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da start oladi.

Jamaa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin oldi matbuot anjumanida raqib tarkibida kuchli va tajribali futbolchilar jamlangani ta'kidlab, bellashuv og‘ir kechishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Nasaf" 10 kun davomida ushbu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgan va jamaa yaxshi kayfiyatda maydonga chiqadi.

Ma’lumot o‘rnida, "Nasaf" shu paytgacha turnirda o‘tkazgan barcha uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchragan holda musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.

    Boshqa yangiliklar