2016 yilning 20 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federasiyasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
TIV rahbari suiqasd natijasida Rossiyaning Turkiyadagi Elchisi Andrey Karlovning fojiaviy halok bo`lganligi munosabati bilan Elchi Vladimir Tyurdenevga ta`ziya izhor etdi va marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so`zlarini etkazib qo`yishni so`radi hamda Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.





