Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha IBA jahon chempionati vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmogda.
Musobaqaning -67 kg. vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev keskin va murosasiz o‘tgan final jangida Evgeniy Kooll (Rossiya) ustidan zafar quchdi va dunyo birinchiligida tengsiz bo‘ldi.
Ayni damda bo‘lib o‘tayotgan final bahslarida quyidagi 3 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Jambulat Bijamov (Rossiya)
-92 kg: To‘rabek Habibullayev - Muslim Gajimagomedov (Rossiya)
+92 kg: Arman Maxanov - David Surov (Rossiya)






