AsosiySport

Hasanboy Do‘smatov boksi bo‘yicha ikki karra jahon chempioniga aylandi

Dubaida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati finalida rossiyalik raqibini mag‘lub etdi.

'Hasanboy Do‘smatov boksi bo‘yicha ikki karra jahon chempioniga aylandi'ning rasmi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov yana bir bor yuqori natijaga erishdi. U Dubay shahrida o‘tayotgan jahon chempionati final jangida rossiyalik bokschi Bair Batlayevga qarshi ringga chiqdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda hakamlar qaroriga ko‘ra, Hasanboy Do‘smatov 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija unga navbatdagi jahon chempionlik unvonini taqdim etdi.

Shu tariqa, Hasanboy Do‘smatov faoliyatida ikkinchi bor boks bo‘yicha jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Uning bu yutuqi O‘zbekiston boksining xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor mustahkamladi.

    Boshqa yangiliklar