AsosiySport

Oʻzbekiston tarixida ilk bor ayol karatechi jahon chempioni boʻldi

Gulshan Alimardonova Misr poytahti Qohirada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida -50 kg vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

'Oʻzbekiston tarixida ilk bor ayol karatechi jahon chempioni boʻldi'ning rasmi

Kecha, 30 noyabr kuni o‘zbekistonlik iqtidorli karatechi Gulshan Alimardonova jahon chempionati finalida barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

Shu tariqa u O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol karatechi sifatida jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tish joiz, bunga qadar O‘zbekistonning karatedagi jahon chempionligi natijalari faqat erkaklar tomonidan qayd etilgan edi. Endi esa Gulshan Alimardonova ayollar orasida tarix yaratdi.

    Boshqa yangiliklar