AsosiyDunyo

Anqarada Rossiya elchisi Andrey Karlov otib o`ldirildi

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov ko`rgazma ochilish vaqtida o`ldirildi. Maxsus operasiya chog`ida o`ldirilgan qotilning ismi Mevlyut Mert Altintash bo`lib, u ikki yarim yil davomida polisiyada ishlagan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bu hunrezlikni ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarni yo`q qilishga hamda Suriyadagi vaziyatni tartibga solishga qaratilgan choralarni yo`qqa chiqarish maqsadida amalga oshirilgan “qabih qotillik” deb atadi. 

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, qotil ko`rgazmaga juda rasmiy ko`rinishda tashrif buyurgani sababli uni elchining qo`riqchisi sifatida qabul qilishgan.

RIA Novostiga guvohlarning aytishicha, Karlov nutq so`zlayotganda uning orqasida “Allohu akbar!” degan hayqiriq eshtilgan hamda otishma boshlangan. NTV telekanalining xabar berishicha, qotil yig`ilganlarni tarqalishga chaqirib, yotgan elchini oldiga borib, yana bir necha bor o`q uzdi.

Qotilni voqea joyiga etib kelgan polisiyachilar yo`q qilishdi. Hodisa oqibatida yana uch kishi jabrlandi.

Boshqa yangiliklar