AsosiyDunyo

Berlindagi yangi yil yarmarkasida Nissa ssenariysi bo`yicha terakt sodir etildi

Kecha kechqurun Berlinda ro`y bergan fojia terakt, deb tan olindi, deya xabar berdi “Ntv.ru” nashri.

Shahar markazidagi rojdestvo archasi yonida bo`layotgan yarmarkadagi olomonni yuk mashinasi bosib ketdi. Ma`lumotlarga ko`ra, 12 kishi halok bo`lgan, 50 nafar odam yaralangan.

Voqea mashhur Kurfyurstendamm ko`chasining olomon gavjum qismida, kayzer Vilgelm cherkovi maydonida ro`y berdi. Olomon ustiga yuk mashinasini haydagan haydovchi o`zi mashinadan sakrab qochishga harakat qildi, ammo polisiya uni tutishga muvaffaq bo`ldi. 

Yuk mashinasi kabinasida bo`lgan yana bir odam olgan tan jarohati tufayli halok bo`ldi. Mutaxassislar Berlin voqeasi Nissa fojiasi ssenariysi asosida yuz berganini aytdi. 

Eslatib o`tamiz, iyul oyida Nissa shahrida bayramni nishonlayotgan olomonni yuk mashinasi bosib, 86 kishi halok bo`lgan, 300 nafar odam yaralangan edi.

    Boshqa yangiliklar